Wepro/Kurslar/Foundation
Samarqand

Foundation

Kompyuter, ofis dasturlari va internet bilan ishonchli ishlash

Davomiyligi
2 oy
Darslar
24+
Daraja
Noldan
Microsoft Windows Microsoft Word Microsoft Excel Microsoft PowerPoint ChatGPT va Claude (AI asboblari)
Dastur
Yaqingi guruh · Start 11-noyabr, 2026

Yaqingi guruh 11-noyabr, 2026

Guruh boshlanishi11-noyabr, 2026
JadvalSe · Pa · Sha · 16:30–18:00
FormatOflayn o'qitish
Qolgan o'rinlar12
Faqat 12 o'rin startgacha qoldi
Rol · Foundation

Mutaxassis nima ish qiladi?

Kompyuter va Windows bilan ishlash. Operatsion tizim asoslari, fayllar va papkalar bilan ishlash, dasturlarni o'rnatish va kompyuterni sozlash. Kompyuteringizni mukammal bilasiz va undan to'liq foydalanasiz.

Ofis dasturlari (Word, Excel, PowerPoint). Hujjatlar, jadvallar, hisobotlar va taqdimotlar tayyorlashni o'rganasiz. Bu — har qanday ish joyida talab qilinadigan asosiy ko'nikma.

Internet va onlayn xizmatlar. Email, brauzer, qidiruv tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar va davlat xizmatlari portallari bilan ishlashni o'zlashtirasiz. Internetdan to'liq va xavfsiz foydalanishni o'rganasiz.

0%amaliyot
Kursning katta qismi — portfoliodagi haqiqiy topshiriqlar va loyihalar, nazariya emas.

Bu kurs kimga mos?

01

Kompyuterni noldan o'rganmoqchi bo'lganlar

Agar siz hech qachon kompyuter bilan ishlamagan bo'lsangiz yoki o'zingizni bu sohada ishonchsiz his qilsangiz — kurs sizni noldan boshlab erkin foydalanuvchi darajasiga olib chiqadi. Yoshingiz va oldingi tajribangiz muhim emas.

02

Ish izlovchilar va kasb egallaymoqchi bo'lganlar

Agar siz yangi ish topishni yoki kasb egallashni xohlasangiz — kompyuter savodxonligi har qanday ish e'lonida talab qilinadigan asosiy malaka. Bu kurs sizning rezyumengizni kuchaytiradi va ish topish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.

03

O'qituvchilar va davlat xizmatchilari

Agar siz ta'lim sohasida yoki davlat tashkilotida ishlasangiz — kompyuter va ofis dasturlari bilan professional darajada ishlash zarurati har kuni oshib bormoqda. Kurs ish jarayonlaringizni osonlashtiradi va samaradorligingizni oshiradi.

04

Talabalar va o'quvchilar

Agar siz o'qish bilan band bo'lsangiz — kompyuter savodxonligi sizga referatlar, taqdimotlar va loyihalarni professional darajada tayyorlashga yordam beradi. O'qishda yuqori natijalarga erishasiz va kelajakdagi kasbga tayyorlanasiz.

Loyihalar · portfolioda 3 ta

Kursdagi amaliyot

Project 01

Microsoft Word

Rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirish: Ariza, ishonchnoma, buyruq yoki tijorat taklifini standartlar boʻyicha (shriftlar, chekinishlar, tekislash) noldan toʻgʻri formatlash. Koʻp sahifali matnlar bilan ishlash: Referat, hisobot yoki shartnomalar uchun avtomatik mundarija, sahifa raqamlari, kolontitullar va izohlarni sozlash. Jadvallar va rezyume (CV) yaratish: Word dasturida jadvallar bilan ishlash, chegaralar va roʻyxatlarni sozlash, hamda professional rezyume tayyorlash.

Project 02

Microsoft Excel

Hisob-kitoblarni avtomatlashtirish: Daromad va xarajatlar jadvalini tuzish, barcha raqamlar avtomatik hisoblanishi uchun qoʻshish, ayirish, foiz va koʻpaytirish formulalarini sozlash. Asosiy funksiyalar bilan ishlash: Biznes va ish faoliyati uchun eng muhim formulalardan (SUM, AVERAGE, IF, COUNT) foydalanishni oʻrganish. Ma'lumotlarni vizuallashtirish: Tayyor raqamlar (masalan, doʻkonning bir oylik savdosi) asosida tushunarli grafiklar va doiraviy diagrammalar qurish. Saralash va filtrlar: Mijozlar yoki tovarlar bazasini yaratish va aqlli filtrlar yordamida kerakli ma'lumotni bir soniyada topish.

Project 03

Microsoft PowerPoint

Slaydlar tuzilmasini ishlab chiqish: Oʻquv loyihasi, rahbariyatga hisobot yoki biznes-goya himoyasi uchun noldan prezentatsiya yaratish. Vizual bezash: Ranglarni toʻgʻri uygʻunlashtirish, shriftlar bilan ishlash, slaydlar matn bilan toʻlib ketmasligi uchun rasmlarni joylash va qirqish. Infografika va sxemalar: Zerikarli matnlarni ikonalar, shakllar va SmartArt obyektlari yordamida koʻrgazmali bloklarga oʻtkazish. Animatsiya va oʻtishlarni sozlash: Elementlarning paydo boʻlishi va slaydlararo oʻtishlar uchun chiroyli, ravon va professional animatsiyalarni sozlash.

Kursni tamomlagach nimani o'rganasiz

Kompyuter va Windows asoslari

Kompyuterni yoqish va sozlashdan tortib, fayllar va papkalar bilan ishlash, dasturlarni o'rnatishgacha — barchasini o'rganasiz. Kompyuter siz uchun ortiq qo'rqinchli emas, balki qulay vositaga aylanadi.

Microsoft Word — hujjatlar bilan ishlash

Hujjatlar, arizalar, rezyume va matnli ishlarni professional darajada tayyorlashni o'rganasiz. Formatlash, jadvallar, rasmlar va chop etishni o'zlashtirasiz.

Microsoft Excel — jadvallar va hisob-kitoblar

Jadvallar tuzish, formulalar yozish, hisob-kitoblar qilish va ma'lumotlarni tahlil qilishni o'rganasiz. Bu — buxgalteriya, biznes va ofis ishi uchun zarur ko'nikma.

Microsoft PowerPoint — taqdimotlar

Chiroyli va ta'sirli taqdimotlar yaratishni o'rganasiz. Animatsiyalar, dizayn va o'z g'oyalaringizni vizual tarzda taqdim etishni o'zlashtirasiz.

O'rganiladigan dasturlar

Microsoft Windows
Dunyo bo'ylab eng keng tarqalgan operatsion tizim. Windows interfeysi, fayllar va papkalar bilan ishlash, dasturlarni o'rnatish va kompyuterni shaxsiy ehtiyojlaringizga moslashtirishni o'rganasiz.
Microsoft Word
Hujjatlar yaratish va tahrirlash uchun dunyodagi eng mashhur dastur. Arizalar, rezyume, hisobotlar va har qanday matnli ishlarni professional darajada formatlashni o'zlashtirasiz.
Microsoft Excel
Jadvallar, hisob-kitoblar va ma'lumotlar tahlili uchun asosiy vosita. Formulalar, funksiyalar, diagrammalar va byudjet bilan ishlashni o'rganasiz — bu har qanday ofisda zarur bo'lgan ko'nikma.
Microsoft PowerPoint
Professional taqdimotlar yaratish uchun eng yaxshi dastur. Slaydlar, animatsiyalar, dizayn shablonlari va o'z g'oyalaringizni ta'sirli tarzda taqdim etishni o'rganasiz.
ChatGPT va Claude (AI asboblari)
Zamonaviy sun'iy intellekt asboblari bilan ishlashni o'rganasiz. Matn yozish, savollarga javob olish, vazifalarni rejalashtirish va kundalik ishlarni AI yordamida tezroq bajarishni o'zlashtirasiz.

Modullar va darslar

01. Kurs bilan umumiy tanishuv,Kompyuter nima? Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari haqida ma'lumot
02. Klaviatura bilan tanishuv, Tezkor klavishlar va Rapid typing,Ztype dasturlari bilan ishlash
03. Papkalar bilan ishlash, yangi foydalanuvchi ochish
04. Windows sozlamalari, Rasmlarni png > jpg formatga o'tishi. Kompyuter tanlash
05. Word dasturiga kirish, glavniy oynasi(Ariza amaliyot)
06. Word nazorat ishi-1
07. Vstavka bo'limi(Jadvallar bilan ishlash. smart art)
08. Вставка bo'limi. Referat yozish va matematik formulalar
09. Maket va vid bo'limi (Obektivka yasash amaliyot)
10. Word dasturi sozlamalari, xavfsizligi, makros yaratish, saxranit bo'lmagan hujjatlarni qayta tiklash)
11. PowerPointga kirish( glavniy, vstavka, deystve)
12. 2-nazorat ishi. Test -30ta, Word amaliy loyiha
13. PowerPoint Perexod, animatsiya yakuniy loyiha
14. Excel Kirish
15. Excel 2-dars Format yacheyka, Arifmetik amallar
16. Excel Esli funksiyasi
17. funksiya( min, max, srnach, koren, stepen)
18. 3-nazorat (test-30, power point, excel) amaliyot
19. Funksiya VPR haqida batafsil
20. Nisbiy, Absolut va Mutloq havola, statistik funksiyalar
21. Internet, Gmail pochta, Canva.com, google form
22. Google docs, prezintatsiya, sun'iy intektlardan foydalanish
23. Google Sheets, Checkbox, google meet, anydesk, masofadan kompyuter ulash
24. Yakuniy nazorat(test-30ta, Word, Excel amaliyot)

Kurs narxi

Oyiga 12 ta jonli dars o'qituvchi bilan

Wepro Student App — dars jadvali, baholar va materiallar

Wepro AI yordamchisi — o'qish bo'yicha savollar uchun 24/7

Barcha darslar yozib olinadi — istalgan vaqtda qayta ko'ring

Bepul kovorking — qulay vaqtda kelib ishlang

Motivatsiya tizimi — koinlar, liderboard va haqiqiy sovg'alar

Diplom loyihasini himoya qilgandan so'ng sertifikat

Ishga joylashishda yordam — suhbatga tayyorgarlik

Foundation · 2 oy
1 740 000 so'm
1 566 000 so'm
Butun kurs uchun to'liq to'lovda
Bo'lib to'lash 2 oy870 000 so'm/oyiga
To'liq to'lov1 566 000 so'm

Ushbu kursga yozilish

Ish vaqtida arizadan keyin 15 daqiqa ichida qo'ng'iroq qilamiz.