Samarqand

Smartfonda professional kontentni suratga oladi va tahrirlaydi

Davomiyligi
1 oy
Darslar
12+
Daraja
Noldan
Snapseed VN Video Editor CapCut
Dastur
Intro
Yaqingi guruh · Start 11-noyabr, 2026

Yaqingi guruh 11-noyabr, 2026

Guruh boshlanishi11-noyabr, 2026
JadvalDu · Cho · Ju · 18:00–19:30
FormatOflayn o'qitish
Qolgan o'rinlar8
Faqat 8 o'rin startgacha qoldi
Rol ·

Mutaxassis nima ish qiladi?

Foto va video kontent yaratish

Mobilograf smartfon yordamida professional darajadagi fotosuratlar va videolarni suratga oladi — mahsulotlar, taomlar, portretlar, voqealar va sayohatlar. Reels, TikTok, Stories va Shorts uchun zamonaviy formatdagi kontent tayyorlaydi.

Kontentni qayta ishlash va bezash

Olingan materiallarni Lightroom, VN, CapCut va Snapseed kabi mobil ilovalarda professional montaj qiladi. Ranglarni sozlaydi, retush qiladi va har bir kadrni yagona uslubda yakuniy ko'rinishga keltiradi.

Brend va bloglar uchun vizual strategiya

Biznes va shaxsiy akkauntlar uchun yaxlit vizual uslub yaratadi, kontent rejasi tuzadi va buyurtmalar asosida ishlaydi. Restoran, do'kon, beauty-salon va blogerlar uchun doimiy hamkor sifatida xizmat ko'rsatadi.

so'mo'rtacha maosh
HR-hamkorlarimiz ma'lumotlariga ko'ra kurs bitiruvchilarining o'rtacha maoshi.
0%amaliyot
Kursning katta qismi — portfoliodagi haqiqiy topshiriqlar va loyihalar, nazariya emas.

Bu kurs kimga mos?

01

Bloger va kontent-kreatorlar

Instagram, TikTok, Threads va YouTube'da o'z auditoriyangizni o'stirmoqchimisiz? Sifatli kontent — bu obunachilar va reklama daromadi kaliti. Kursda Reels, Stories va professional postlar uchun foto-video yaratishni o'rganasiz.

02

Kichik biznes egalari va tadbirkorlar

Mahsulot yoki xizmatingizni professional studiyaga bormasdan, o'zingiz suratga olishni xohlaysizmi? Restoran, do'kon, beauty-salon, onlayn-magazin — har qanday biznes uchun sifatli vizual kontent sotuvni bir necha barobar oshiradi.

03

SMM-mutaxassislar va marketologlar

Mijozlaringizga to'liq xizmat ko'rsatishni xohlaysizmi? Mobilografiya ko'nikmasi bilan siz nafaqat strategiya tuzasiz, balki kontentni o'zingiz yaratasiz — bu sizning bozor qiymatingizni va daromadingizni sezilarli darajada oshiradi.

04

Fotografiya va ijodga qiziquvchilar

Qimmat texnika sotib olmasdan, fotografiya san'atini o'rganmoqchimisiz? Smartfon yetarli. Kurs tugagach, siz to'y, tug'ilgan kun, oilaviy fotosessiyalar uchun buyurtmalar qabul qilib, daromad topishingiz mumkin.

Loyihalar · portfolioda 3 ta

Kursdagi amaliyot

Project 01

Moshn-video (Motion video)

Animatsiya, oʻtishlar (perexodlar) va effektlardan iborat dinamik moshn-video yaratasiz — bu format Reels, TikTok va Stories uchun ideal darajada mos keladi. Animatsiya, ritm va chroma key (yashil ekran) bilan ishlashni oʻzlashtirasiz, lentada ajralib turadigan va maksimal darajada koʻrishlar sonini (prosmotr) yigʻadigan yorqin hamda zamonaviy kontent yaratishni oʻrganasiz.

Project 02

Obzorli video (Sharhli video)

Professional obzorli video suratga olasiz va montaj qilasiz — bu formatni koʻpincha restoranlar, doʻkonlar, goʻzallik salonlari va blogerlar buyurtma qilishadi. Kadrni toʻgʻri qurish, yorugʻlik va ovoz bilan ishlash hamda sifatli montaj qilishni oʻrganasiz. Tayyor video portfoliongizning bir qismiga aylanadi va ilk buyurtmalarni olishingizga yordam beradi.

Project 03

Ekspertniy video (Ekspert videosi)

Professional ekspert videosini suratga olasiz va montaj qilasiz — bu formatni koʻpincha restoranlar, doʻkonlar, goʻzallik salonlari va blogerlar buyurtma qilishadi. Kadrni toʻgʻri qurish, yorugʻlik va ovoz bilan ishlash hamda sifatli montaj qilishni oʻrganasiz. Tayyor video portfoliongizning bir qismiga aylanadi va ilk buyurtmalarni olishingizga yordam beradi.

Kursni tamomlagach nimani o'rganasiz

Foto va video kontent yaratish

Mahsulotlar, taomlar, interyer, portretlar, voqealar va sayohatlarni professional darajada suratga oladi. Reels, TikTok, Stories va YouTube Shorts uchun zamonaviy videolar tayyorlaydi.

Yorug'lik va kompozitsiya bilan ishlash

Tabiiy va sun'iy yorug'likdan to'g'ri foydalanadi, kadrni san'at qoidalari asosida quradi va har bir suratni mazmunli qiladi.

Foto va videoni qayta ishlash

Lightroom, VN, CapCut va boshqa mobil ilovalar yordamida professional montaj, rang sozlash va retush qiladi.

rendlar va bloglar uchun vizual strategiya

Biznes va shaxsiy akkauntlar uchun yagona uslubdagi kontent yaratadi, brendning vizual identifikatsiyasini shakllantiradi.

O'rganiladigan dasturlar

Snapseed
Google'ning kuchli va bepul fotoredaktori. Nuqtaviy retush, qatlamlar bilan ishlash, ortiqcha obyektlarni olib tashlash va kadr tafsilotlarini nozik sozlashni o'zlashtirasiz.
VN Video Editor
Eng mashhur mobil videoredaktorlardan biri. Har qanday murakkablikdagi videolarni montaj qilishni, o'tishlar, musiqa, matn va effektlar bilan professional darajada ishlashni o'rganasiz.
CapCut
Reels, TikTok va Stories yaratish uchun universal ilova. Trendga mos effektlar, matn animatsiyasi, chroma key (yashil ekran) va tezkor montaj uchun avtomatik shablonlar bilan ishlashni o'zlashtirasiz.

Modullar va darslar

01. Fundament | Vertikal format
02. AMALIYAT 1kun
03. BAZOVIY MONTAJ
04. TREND MONTAJ
05. GORIZONTAL FORMAT
06. AMALIYAT 1kun
07. KIRISH | Yorug’liq haqida Yorug’liklar sxemalari | vlog | kontent
08. Tabiy yorug’lik | gorizontal va vertikal
09. Expert | Foydali Reel
10. Instagram reels
11. STORIESMAKER | OBLOJKA | DIZAYN
12. AVTOMOBIL KONTENTI
Maoshlar · Darajalar bo'yicha

Mutaxassislar qancha daromad topadi

Junior
so'm

Kursdan keyingi birinchi ish

Middle
so'm

1-3 yillik tajriba

Senior
so'm

3 yildan ortiq tajriba

Kurs narxi

Oyiga 12 ta jonli dars o'qituvchi bilan

Wepro Student App — dars jadvali, baholar va materiallar

Wepro AI yordamchisi — o'qish bo'yicha savollar uchun 24/7

Barcha darslar yozib olinadi — istalgan vaqtda qayta ko'ring

Bepul kovorking — qulay vaqtda kelib ishlang

Motivatsiya tizimi — koinlar, liderboard va haqiqiy sovg'alar

Diplom loyihasini himoya qilgandan so'ng sertifikat

Ishga joylashishda yordam — suhbatga tayyorgarlik

· 1 oy
Butun kurs uchun to'liq to'lovda
Bo'lib to'lash 1 oy2 000 000 so'm/oyiga

Ushbu kursga yozilish

Ish vaqtida arizadan keyin 15 daqiqa ichida qo'ng'iroq qilamiz.